16-oktabr, juma03:26Toshkent +18°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD12 011,65▲ 48,49EUR13 462,66▲ 72,30RUB143,17▲ 0,84CNY1 795,17▲ 7,70GBP15 911,83▲ 41,50JPY76,05▲ 0,55KRW8,93▼ 0,02CHF14 466,64▲ 108,55KZT26,51▲ 0,04
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekiston 11 ta mamlakatga karam eksport qildi

Joriy yilning 9 oyi davomida eksport qilingan karamlarning asosiy qismi Surxondaryo viloyati hududiga to‘g‘ri kelmoqda. Eng ko‘p karam eksporti Qozog‘iston va Rossiya davlatiga amalga oshirilgan.

1 daqiqa o'qish86 marta o'qildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston 11 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 18, 4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan karam eksport qilgan.

O‘zbekiston eng ko‘p karam eksport qilgan davlatlar:

  1. Qozog‘iston – 8,7 mln.
  2. Rossiya – 8,1 mln.
  3. Qirg‘iz Respublikasi – 524,5 ming
  4. Ukraina – 518,5 ming
  5. Belarus – 475,8 ming
  6. Boshqalar – 94,7 ming AQSh dollari

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning 9 oyida hududlar orasida Surxondaryo viloyati eng ko‘p ya’ni, qiymati 4 438,5 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan karam eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich jami karam eksportining 24,1 % ni tashkil etadi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi