Markaziy bank joriy hafta uchun valyuta kurslarini e’lon qildi
Markaziy bank 3 noyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi ko‘tarildi, yevro va qozoq tengisi pastladi.

Markaziy bank bergan xabarga ko‘ra, 3 noyabrdan 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 6,98 so‘mga ko‘tarilib, 10 366,86 so‘mni tashkil qildi. Yevro 211,50 so‘mga pastlab, 12 074,28 so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 27 oktyabrdan 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 11,88 so‘mga pastlab, 10 359,88 so‘mni tashkil qilgan edi.



