Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekistonda dollar kursi sezilarli darajada ko‘tarildi
Markaziy bank 15 sentyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

O‘zbekiston 13 ta davlatga uzum eksport qildi
O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum mahsulotining eksporti bo‘yicha Qozog‘iston 22,8 ming tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekiston bozoriga Škoda avtomobillari kirib kelmoqda
Škoda avtomobillariga buyurtma oktyabr oyida boshlanadi va shu oyning o‘zida yetkazib beriladi.

Davlat qarzi YaIMga nisbati yil boshiga qaraganda qanchaga oshgani ma’lum qilindi
Davlat qarzi YaIMga nisbati 2020 yil boshiga nisbatan 3,5 foizga oshgan. Real YaIM o‘sish sur’atining davlat qarzining YaIMga nisbatiga ta’siri kamroq bo‘lib, bu mazkur davrda real YaIM o‘sish sur’atining pastroq sur’at bilan o‘sgani bilan izohlanadi.

O‘zbekistonda KIA avtomobillari ishlab chiqariladi
2020 yil noyabr oyida «Jizzax» EIZda biznes-klass sedanining yangi global nomiga aylangan KIA K5 avtomobili va dunyoda sensatsiya hisoblangan hamda ko‘plab bozorlarda e’tibor qozongan KIA Seltos ixcham krossoveri ishlab chiqarila boshlanadi.

Moliya vazirligi: Joriy yilning I yarim yilligida davlat tashqi qarzi 1,6 mlrd. dollarga oshdi
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi holati va dinamikasi sharhini e’lon qildi.

Markaziy bank asosiy stavkasiga bog‘langan kreditlarda o‘zagarishlar kutilyapti
Inflyasiya darajasi past darajada saqlanib turgan bir paytda Markaziy bank tomonidan asosiy stavkanining 1%ga tushirilishi milliy valyutadagi kreditlar va depozitlar foiz stavkalarining tushishiga zamin yaratadi.

Respublika dehqon bozorlarida mol go‘shti va qo‘y go‘shti narxlari e’lon qilindi
Eng arzon go‘sht «Nukus dehqon bozori»da, eng qimmat go‘sht Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da sotilmoqda.

"Xalq banki" 15 foizli imtiyozli kredit olish bo‘yicha 50 ta namunaviy biznes rejalarni taqdim etdi
"Xalq banki" 15 foizli imtiyozli kredit va tadbirkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha 50 ta namunaviy biznes rejasini taklif qildi. Siz "Xalq banki"dan Pul mablag‘i, Biznes reja va Professional maslahat olishingiz mumkin. Quyida batafsil ma’lumot bilan tanishing.

Davlat soliq qo‘mitasi: O‘zbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln so‘mni tashkil etdi
Agar har bir iste’molchi tomonidan chek talab qilinsa, xufiyona iqtisodiyot ulushi qisqarishi barobarida, soliqlardan bo‘yin tovlash holatlari kamayib, byudjet tushumlari oshib boradi.

Boshoqli don ekinlari bo‘yicha davlat xaridi to‘liq bekor qilinadi
2021 yil hosili uchun ekiladigan kuzgi boshoqli don ekinlarining urug‘larini yetarli miqdorda nav va avlodlar bo‘yicha tozalash, saralash, dorilash, qoplash hamda sertifikatlash ishlari shu yilning 25 sentyabriga qadar yakunlanadi.

Odilbek Isoqov: Olinayotgan tashqi qarzlar xalqning hayotini yaxshilash maqsadida sarflanyapti
Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida tashqi qarz masalasiga to‘xtalib o‘tar ekan, olinayotgan qarzlarning qayerga, qanday sarflanayotgani jamoatchilik nazoratida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Faxriddin Boboyev: "O‘zcharmsanoat"ning Nike va Adidas yetakchi kompaniyalari bilan shartnomasi bor
"O‘zcharmsanoat" uyushmasi rahbari Faxriddin Boboyevning ma’lum qilishicha, "SinoInternational" MChJ zavodida dunyoga mashhur brend ostida 3 million juft krossovkani autsorsingga topshirishni rejalashtirilgan.
“O‘zbekgidroenergo” yangi GESlarni qurishda OTB bilan hamkorlik qiladi
O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida “barqaror gidroenergetika” loyihasi doirasida Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi loyihalarini moliyalashtirish uchun 25 yil muddatga 60,0 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishi bo‘yicha zayom kelishuvi imzolandi.

Eksport qiluvchilarning sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlari kompensatsiya qilinadi
Sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlari Davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiya mablag‘lari hisobidan sug‘urta pulining 1%idan ortiq bo‘lmagan miqdorda kompensatsiya qilib beriladi.

Behzod Hamroyev: "Har bir oila tadbirkor" dasturi uchun yil oxirigacha 5,5 trl so‘m ajaratiladi
7 sentyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev pandemiya sababli respublikada oktyabr oyigacha kredit to‘lovini kechiktirish natijalari haqida ma’lumot berdi.

Dollar kursida ko‘tarilish, yevro kursida pastlash kuzatildi
Markaziy bank 8 sentyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda yangiliklar joriy etildi
Jismoniy shaxslar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda ulardan pasport nusxasi talab qilish bilan bog‘liq norma chiqarib tashlandi va bank mijozlari uchun yana bir qancha qulayliklar yaratildi.

OTB O‘zbekistonda avtomagistral yo‘llarni rekonstruksiya qilish uchun qarz mablag‘lari ajratadi
OTB tomonidan ajratilgan qarz mablag‘lar hisobiga O‘zbekistondagi G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu magistrali uchastkasi ikki polosali sement-beton yo‘lga aylantiriladi.

Sentyabr oyining ilk haftasida ham dollar kursi ko‘tarildi
Markaziy bank 3 sentyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada yapon iyenasidan boshqa barcha valyuta kurslari ko‘tarildi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 yil muddatga elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzoladi
Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Sardobada zarar ko‘rgan ichimlik suv inshootlarini tiklash uchun 129,7 mlrd. so‘m ajratildi
Ofat natijasida zarar ko‘rgan markazlashgan ichimlik suvi ob’yektlari qayta tiklanmagunicha talafot ko‘rgan aholi punktlariga 53 ta maxsus suv tashish transportlari yordamida ichimlik suvi yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

«E-CARD» elektron pullar tizimi reyestriga kiritildi
Mazkur elektron pullar tizimining emitenti - «Universalbank» xususiy aksiyadorlik tijorat banki hisoblanadi.

Timur Ishmetov: QQS bo‘yicha joriy yil yanvar-iyun oylarida tushumlar 2 trln. so‘mga kamaydi
2020 yil I yarim yilligida soliq to‘lovchilarga qoplab berilgan QQS summasi 1,6 trln. so‘mni tashkil etdi.