14-oktabr, chorshanba14:02Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

 O‘zbekiston 13 ta davlatga uzum eksport qildi

O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum mahsulotining eksporti bo‘yicha Qozog‘iston 22,8 ming tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda.

1 daqiqa o'qish169 marta o'qildi

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, qiymati 46,8 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 51 ming tonnadan ziyod uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 ming tonnaga ko‘p.

Yurtimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 66 ta mamlakatga eksport qilinmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, eksport qilingan uzum mahsulotining eng ko‘p ulushi Farg‘ona (15,3 ming tonna), Toshkent (9,6 ming tonna), Namangan (7,2 ming tonna), Xorazm (3,6 ming tonna) va Qashqadaryo (3,1 ming tonna) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumot o‘rnida, yurtimiz bog‘larida yetishtirilgan uzum mahsulotining eksporti bo‘yicha Qozog‘iston 22,8 ming tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga 20,6 ming tonna va Qirg‘iz Respublikasiga 7,1 ming tonna uzum mevasi eksport qilingan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi