Markaziy bank asosiy stavkasiga bog‘langan kreditlarda o‘zagarishlar kutilyapti
Inflyasiya darajasi past darajada saqlanib turgan bir paytda Markaziy bank tomonidan asosiy stavkanining 1%ga tushirilishi milliy valyutadagi kreditlar va depozitlar foiz stavkalarining tushishiga zamin yaratadi.

Markaziy bank boshqaruv yig‘ilishida asosiy stavka 14% etib belgilandi. Bu 1%li pasayish natijasida so‘mda ajratiladigan kredit va depozit foizlari 1% ga pasayishiga olib kelishi kutilyapti.
Xususan Markaziy bank asosiy stavkasiga bog‘langan quyidagi kreditlarda o‘zagarishlar kutilyapti:
- ipoteka kreditlarida
- ta’lim kreditlarida
- davlat dasturi doirasida beriladigan kreditlarda



