Barcha yangiliklar

2020 yil 1 yanvardan boshlab elektron mehnat daftari joriy etiladi
O‘zbekistonda 2020 yil 1 yanvardan boshlab elektron mehnat daftari joriy etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda aytilgan.

Istanbul-Buxoro yo‘nalishidagi ilk charter reys muvaffaqiyatli amalga oshirildi
O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi turizm sohasini jadal rivojlantirishga doir 5781-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan xorijiy aviakompaniyalar bilan bir qator ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Bank-moliya akademiyasi O‘zmilliybank tasarrufiga o‘tkazildi
“Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati va 2020 yilga mo‘ljallangan parametrlar ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 oktyabr kuni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

YeTTB O‘zbekistondagi ikkinchi idorasini ochdi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Andijonda O‘zbekistondagi ikkinchi idorasini ochdi. U asosan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlaydi.

Soliq xizmati organlarida yagona axborot platformasini joriy etish orqali soliq yig‘uvchanligi oshiriladi
Davlat soliq qo‘mitasida Xitoy Xalq Respublikasining soliq sohasiga ilg‘or dasturiy ta’minotlarni ishlab chiquvchi “Huawei” va “CEIEC” kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyatida GTL investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi
2019 yil 28 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida "Sho‘rtan GKM tozalangan metanga asoslangan bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish" investitsiya loyihasining qurilish maydonchasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Energetika vaziri — A.S.Sultonov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari o‘zaro harbiy hamkorlik rejasini imzoladi
Avvalroq O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov rahbarligidagi harbiy delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.

"Valday" klubining Osiyo konferensiyasi Samarqandda bo‘lib o‘tadi
Samarqand shahrida 10-11 noyabr kunlari “Valday” Xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Joriy yil o‘ninchi bor o‘tkaziladigan mazkur konferensiya o‘tgan davr mobaynida mintaqaviy muammolar va umumiy global tahdidlar bo‘yicha ekspertlar muloqotini tashkil etish maydonga aylandi.

Xorijiy kompaniyalarning vakillari bilan geologiya-qidiruv va uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 28 oktyabr kuni "O‘zbekneftgaz" AJ rahbariyati Birlashgan Arab Amirligining "Mubadala Petroleum", Fransiyaning "Total E&P Activites Petrolieres" va Rossiyaning "NOVATEK" kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan "Yo‘l xaritasi"da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

Bosh vazir nomzodi qanday tasdiqlanadi?
2019 yilda O‘zbekistonda muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Istanbuldan Buxoro va Samarqand shaharlariga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi turizm sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risidagi 5781-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda «Uzbekistan Airports» AJ tomonidan xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilishga doir faol ish olib borilmoqda.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida akselerator laboratoriyalar faoliyati muhokama qilindi
2019 yil 26 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida BMT bosh kotibining maslahatchisi, BMTTD ma’murining maxsus maslahatchisi Abdulay Mar Diye bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ommabop reytingning nozik jihatlari
Jahon banki va "Doing Business" xalqaro moliya korporatsiyasining yillik hisoboti har doim reytingda ishtirok etuvchi barcha mamlakatlarning iqtisodiy sohasi va axborot makonida muhim voqealik hisoblanadi. Reytingga bo‘lgan bunday e’tibor mamlakatdagi biznes uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va dunyoning boshqa davlatlari bilan batafsil taqqoslashda hukumatlarning faoliyatini obektiv baholash imkonini beradi.

Onkologik bemorlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha call-markazlar tashkil etiladi
“Onkologik xizmatni yanada rivojlantirish va onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan o‘tkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Davlat xizmatlari uchun navbatni masofadan bronlash mumkin
Davlat xizmatlari agentligi (DXA) tashrif buyuruvchilarga qulay vaqtda navbatga yozilish funksiyasini joriy etmoqda.

Aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 oktyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash va ipoteka bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Tashqi savdo operatsiyalari: valyuta va tovarlar kelib tushsa, jarima bo‘lmaydi
Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati to‘g‘risidagi nizomga tuzatishlar kiritildi

Qoraqalpog‘istondagi Akchako‘l va Sudoche ko‘llarida sayyohlik zonalari tashkil etiladi
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi Investitsiya portaliga Qoraqalpog‘iston Respublikasida rejalashtirilgan turizm sohasidagi 2 ta investitsiya taklifini joylashtirdi: bu Akchako‘l ko‘lida sayyohlik kompleksi va Sudoche ko‘lida qushlarni kuzatish punktlarini yaratish (qushlarni kuzatishni ommalashtirish) bo‘yicha maxsus ekoturizm majmuasini yaratish.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida bir nechta biznes vizalar joriy etildi
Tomonlar 5 ish kunida 6 oygacha bo‘lgan muddatga bir nechta biznes vizalarini berishga kelishib oldilar.

10 milliard kub metr gaz zaxirasiga ega Bohoriston koni ishga tushirildi
Yangi quduqning o‘zlashtirilgan qismining kunlik zaxirasi 200 ming kub metr gaz va 20 tonna neftdir, deya xabar beradi Epsilon matbuot xizmati.

«O‘zbekko‘mir» Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilmaydigan bo‘ldi
«O‘zbekko‘mir»ning 45 foiz ulushi Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilmaydigan bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 24 oktyabr kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.

Banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 oktyabr kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

O‘zbekiston «Biznes yuritish 2020» reytingida ko‘tarildi
Jahon bankining «Biznes yuritish 2020» yillik hisobotida O‘zbekiston 7 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 20 mamlakat qatoriga kirdi.