14-oktabr, chorshanba11:34Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Davlat xizmatlari uchun navbatni masofadan bronlash mumkin

Davlat xizmatlari agentligi (DXA) tashrif buyuruvchilarga qulay vaqtda navbatga yozilish funksiyasini joriy etmoqda.

1 daqiqa o'qish1 732 marta o'qildi

Davlat xizmatlari agentligi (DXA) tashrif buyuruvchilarga qulay vaqtda navbatga yozilish funksiyasini joriy etmoqda.

Hozirgi vaqtda mamlakat bo‘ylab tegishli uskunalar o‘rnatilgan 110 ta Davlat xizmatlari markazida navbat uchun chipta olish mumkin. Biroq joyni faqat markazga tashrif buyuriladigan kunda bronlash mumkin. Ya’ni, navbat olish uchun shaxsan kelib infokioskda raqamli chipta olish lozim bo‘ladi.

2019 yil 1 noyabrdan “Oldindan navbatga yozilish” funksiyasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda, uning yordamida DXMga tashrif buyurish uchun mos keladigan kun va vaqtni oldindan tanlash mumkin.

Navbatda joyni bronlash uchun www.davxizmat.uz saytiga kirib, o‘zi joylashgan joyni belgilash yetarli. Tizim avtomatik tarzda yaqin joylashgan DXMni taklif qiladi. Shundan keyin yaqin orada joylashgan markazni tanlab, zarur xizmatni belgilash lozim, so‘ngra raqamli navbat chiptasi shakllantiriladi (harf-raqamli kod).

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi