Barcha yangiliklar

“Xitoy - Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘l qurilishi loyihasi muhokama qilindi
“Xitoy - Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li ishga tushgach, Xitoyni eng qisqa yo‘li Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bog‘laydi. Mavjud yo‘nalishlarga qaraganda masofa 900 kilometrga, yuklarni yetkazib berish muddati 7-8 kunga qisqaradi.

Toshkent shahri va viloyatida propiskasi bo‘lmaganlar uchun uy olishga ruxsat berilganidan so‘ng qancha fuqarolar uy sotib oldi?
Toshkentdan uy sotib olishdagi to‘siqlarning olib tashlanishi fuqarolarning uy-joyga ega bo‘lishida yuzaga kelgan turli muammolarini ham barham topishiga xizmat qildi.

Toshkentda Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining filiali ochiladi
Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi.

Pandemiya bo‘lishiga qaramay xorijdan O‘zbekistonga 485 million dollar yuborilgan
Aprel oyida O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali 235 million dollar yuborilgan bo‘lsa, may oyida bu ko‘rsatkich 485 million dollarni tashkil etdi.

Apellyasiya kengashining tarkibi 2,5 yil muddatga tasdiqlanadi
Apellyasiya kengashi unda ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan tavsiyaviy tusga ega bo‘lgan xulosa qabul qiladi.

Nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyasiya kengashlari tashkil etiladi
Apellyasiya kengashining vazifalaridan biri jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organi o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish va xulosa qabul qilish orqali ularni hal etish choralarini ko‘rish.

200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar 1 iyuldan muomaladan chiqariladi
Eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlaringiz mavjud bo‘lsa, belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga almashtirib olishingiz mumkin.

Markaziy bank: “OSON” elektron pullar tizimi reyestrga kiritildi
Elektron pullar tizimi to‘g‘risidagi ma’lumot joriy yilning 16 iyun kuni Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritildi.

“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Agentlik) muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.

1 avgustdan O‘zbekistonning barcha hududiy aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi
“Ochiq osmon” rejimi 2020 yilning 1 avgustidan boshlab IATA “Qish 2022/2023” mavsumi yakunigacha ikki yil muddatga uni uzaytirish yoki shartlarni o‘zgartirish imkoniyati bilan joriy etiladi.

Xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlarga 3 yillik imtiyozli davr bilan kredit beriladi
Kredit mablag‘larining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi.

Hukumat xususiylashtirishdan qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi
Joriy yilning boshidan buyon 352 ta davlat aktivlari, shu jumladan 77 ta kompaniyaning aksiyalari va 275 ta ko‘chmas mulk ob’yektlari sotuvga qo‘yilgan.

O‘zbek gilosi 11 ta davlat bozorlariga kirib bordi
Bu yil o‘zbek gilosi eksporti pandemiya bo‘lishiga qaramay o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 2 barobarga oshgan.

G‘alla o‘rilgan maydonlarni peshma-pesh shudgorlab, takroriy ekinlar ekish bo‘yicha topshiriq berildi
16 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda o‘rim-yig‘imni har yilgiga nisbatan ertaroq yakunlash uchun barcha imkoniyatlar borligi, buning uchun ishni to‘g‘ri tashkil qilib, hosilni qisqa muddatda uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olish zarurligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev: Bo‘stonliqda 10 ming o‘ringa mo‘ljallangan ko‘chma dam olish maskanlari tashkil etish mumkin
O‘zbekistonda yangi ichki turizm marshrutlari ochilib, ko‘chma dam olish maskanlarini ko‘paytiriladi.

O‘zini o‘zi band qilgan tadbirkorlar uchun kredit ajratiladi
Prezident 16 iyun kuni o‘tgan yig‘ilishda Moliya vazirligiga tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqaroga 3 oy mobaynida bino-inshootning ijara to‘lovi uchun subsidiya berish tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezident olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislar uchun yordam puli va uy-joy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi
16 iyun kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosarlariga olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriq berildi. Shuningdek, Sariosiyo, Oltinsoy va Uzun tumanlaridagi qishloq maktablarida o‘qituvchilar yetishmasligi masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga shu kunga qadar qancha pul tushgani ma’lum qilindi
Xayriya mablag‘lari pandemiya davrida hamda Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida kuzatilgan tabiiy ofat oqibatida qiyin ahvolga tushib qolgan aholini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

O‘rganilgan kamchiliklar bartaraf etilsa, so‘xliklarning 18 ming nafari ishli bo‘ladi
Respublika ishchi guruhi So‘x tumanidagi 4 ta sektor rahbarlari bilan birgalikda joylarda fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammolar o‘rganib chiqdi.

Rossiyadagi mehnat migrantlari patent olishi 16 iyundan talab etilmoqda
Pandemiya tufayli Rossiya hukumati mamlakat hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo‘lishi huquqini beruvchi patentlarning amal qilish muddatini 15 iyunga qadar belgilagan edi. 16 iyundan migrantlarning patentsiz yurishi mumkin emas.

Davlat sotib oladigan boshoqli donning miqdori va narxlari belgilandi
1 sinf qattiq bug‘doyning xarid narxi (qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan) 1 tonna uchun 2 543 180 so‘mni tashkil etadi.

O‘zbekiston o‘riklari 9 ta xorijiy mamlakatga eksport qilinmoqda
Joriy yil 1 aprel holatiga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklariga o‘rik eksporti qariyb 6 barobarga oshirildi.

Ijtimoiy xodimlarning vazifalari belgilandi
Ijtimoiy xodim ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtiradigan shaxs hisoblanadi.

Tojikistondagi zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi
Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning 8 ta viloyatida ham sezilgan.