Barcha yangiliklar

Markaziy bank asosiy stavkasi 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldi
Markaziy bank yil yakuni bo‘yicha inflyasiya prognozini 11-12,5 foiz darajasida o‘zgartirishsiz saqlab qoldi va Hukumat bilan birgalikda unga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib boradi.

O‘zbekistonga yarim yil ichida 916 mln dollarlik “inomarka”lar import qilindi
2020 yilning yanvar—iyun oylarida import hajmi 9 570,4 million AQSh dollarini va 2019 yilning mos davriga nisbatan 85,0 foizni tashkil etgan.

O‘zbekistondan 2 068,3 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi
Tarvuz mahsulotining eksporti bo‘yicha Rossiya 1 179 tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda.

Prezident mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiyalar chiqarish huquqini berishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi
Ushbu qonunning qabul qilinishi davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish imkonini beradi.

Bekor qilinadigan litsenziyalanadigan faoliyat turlari ro‘yxati
2021 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilinadigan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat berish tartib-taomillarining ayrim turlari ro‘yxati e’lon qilindi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi
Insonparvarlik yukini jo‘natish ikki bosqichda amalga oshirildi. Unda himoya qalqonchasi, jarrohlik niqobi, shaxsiy himoya vositalari kabi buyumlar joy olgan.

Prezident topshirig‘i: COVID-19 ni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar, dori vositalarini realizatsiya qilish tartibi soddalashtiriladi
Ayrim dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ruxsat berilishi mumkin.

O‘zbekiston joriy yilda qancha oltin sotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi
So‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 101,4 foizni tashkil etgan.

Kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi
Aybdor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

O‘zbekistonda yengil zirhli avtomobil ishlab chiqarilmoqda
O‘zining texnik va jangovar xususiyatlariga ko‘ra “TARLON”, yetakchi xorijiy davlatlarning shu turkumdagi yengil zirhli avtomobilaridan aslo qolishmaydi.

Quvayt O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 5,6 million dollar ajratadi
Ushbu mablag‘lardan O‘zbekistondagi tibbiy muassasalarini jihozlash uchun foydalaniladi.

Oxirgi ikki yilda 122 nafar kadastr xodimi jinoiy javobgarlikka tortildi
21 iyul kuni yer hisobi va davlat kadastrlarini to‘liq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda 66 ta tumanda 150 ming gektar ekin yeri o‘zboshimchalik bilan egallangani, oxirgi ikki yilda 122 nafar kadastr xodimi jinoiy javobgar bo‘lgani haqida aytib o‘tildi.

Iqtisodiyotda ijobiy o‘sish dinamikasi saqlab qolindi
YaIM 255,3 trln. so‘mni tashkil etdi va 0,2% ga o‘sdi, o‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 6% ga o‘sdi. Sanoatning yalpi qo‘shilgan qiymatining o‘sishi 0,3% ni tashkil etdi.

Berilgan soliq imtiyozlarlari uzaytiriladi
2020 yilda Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan hollarda, soliq to‘lovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarini 5 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmaydi.

Yangi tartib asosida ipoteka krediti va subsidiya olishda qaysi banklarga murojaat qilsa bo‘ladi?
14 ta bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida joylashgan barcha filiallariga Davlat xizmatlari agentligi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali krediti va subsidiya olish uchun murojaat qilish mumkin. Banklar ro‘yxati quyida keltirilgan.

Tadbirkorlarga ko‘chma savdo qilish huquqi beriladi
2021 yil 1 iyulga qadar tadbirkorlarga hokimiyat organlari bilan shartnoma tuzmasdan soliq organlarini xabardor qilish orqali avtodo‘kon, avtomagazin, avtotirkama, avtotsisterna va fudtraklar orqali savdo qilish huquqi beriladi.

Aholi va tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar beriladi
2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadi.

Qurbon hayiti sanasi e’lon qilindi
Qurbon hayiti bayrami 31 iyul, juma kuniga to‘g‘ri keldi.

Koronavirusga chalingan fuqarolar soni yanada oshib borishi hech gap emas – Shavkat Mirziyoyev
Qisqa muddatlarda koronavirusga chalinganlarni davolash uchun yaratilgan qo‘shimcha o‘rin-joylar sonini, birinchi navbatda oliygohlar yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari va boshqa sig‘imi katta bino-inshootlar hisobiga, kamida ikki-uch barobarga oshiriladi.

Tez yordam xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi
kuchaytirilgan tartib davrida har oy yakuniga qadar barcha tez tibbiy yordam brigadalarida ishlovchi xodimlar qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi.

Shavkat Mirziyoyev: Kerak bo‘lsa, maxsus samolyot ajratib, kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kiramiz
Chet davlatlarda o‘pka yallig‘langan har bir bemor uchun zudlik bilan kislorod konsentratorlariga maxsus niqoblar kiygizish orqali havo olishini yengillashtirib, qo‘liga pulsoksimetr taqilmoqda va bu bilan bemorning nafas yetishmovchiligi bartaraf qilinmoqda.

Mo‘ynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda
Mo‘ynoq tumanining odamlar gavjum bo‘lgan joylar – “Dexqon bozori”, 6 ta ko‘p qavatli uylar, 5 ta ko‘cha, 50 dan ortiq davlat va nodavlat idoralari ob’yektlari jami 10 tonnaga yaqin xlorli eritma maxsus to‘rtta «MAN» va «ISUZU» purkagichli avtomashinalar bilan dezinfeksiya qilindi.

Markaziy bank: Dollar va yevro kursi ko‘tarildi
Markaziy bank 21 iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada dollar, yevro ko‘tarildi.

Polikinikalar 24 soatlik uzluksiz rejimda ishlaydi
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev va Sog‘liqni saqlash vazirligiga poytaxtdagi polikinikalarda faoliyat olib borayotgan shifokor va hamshiralarni infeksiyaning yengil va simptomsiz kechayotgan bemorlarga xizmat ko‘rsatishga 24 soatlik uzluksiz rejimda to‘liq safarbar qilish topshirig‘i berildi.