14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

O‘zbekistonda yengil zirhli avtomobil ishlab chiqarilmoqda

O‘zining texnik va jangovar xususiyatlariga ko‘ra “TARLON”, yetakchi xorijiy davlatlarning shu turkumdagi yengil zirhli avtomobilaridan aslo qolishmaydi.

1 daqiqa o'qish171 marta o'qildi

O‘zbekistonda “TARLON” (4x4) rusumli yengil zirhli avtomobilning (YeZA) tajriba namunasi “KRAN VA MAXSUS TEXNIKALAR” MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘qlar va portlashlardan himoya etuvchi YeZA shaxsiy tarkibni tashish, ularni jang maydonida o‘q-dori va portlovchi moddalardan himoya qilish, xavfli hududlarda maxsus vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Shuningdek, mobil guruhlar va blokpostlarga olovli madad berishi, qo‘shinlar va avtotransport kolonnalarni himoya qilishi, jangovar patrullik va boshqa jangovar vazifalarni bajarishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, o‘zining texnik va jangovar xususiyatlariga ko‘ra “TARLON”, yetakchi xorijiy davlatlarning shu turkumdagi yengil zirhli avtomobilaridan aslo qolishmaydi.

«TARLON»ning asosiy taktik va texnik tavsifi:

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi