14-oktabr, chorshanba11:33Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Quvayt O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 5,6 million dollar ajratadi

Ushbu mablag‘lardan O‘zbekistondagi tibbiy muassasalarini jihozlash uchun foydalaniladi.

1 daqiqa o'qish326 marta o'qildi

21 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi (QAITF) bosh direktori o‘rinbosari Marvon Abdulloh al-Ganim bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan QAITF o‘rtasida COVID-19 ga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

QAITF bosh direktori o‘rinbosari O‘zbekistonning koronavirusga qarshi kurash doirasida mamlakatdagi tibbiy muassasalarini jihozlash uchun 5,6 mln AQSh dollari miqdoridagi fond mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Tomonlar, shuningdek, fondning O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarda, xususan qishloq joylarda turar-joy binolarini qurishda, suv ta’minoti tizimini yaxshilashda va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda ishtirok etish masalalarini muhokama qilishdi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi