# Shavkat Mirziyoyev

2021 yilda Bo‘stonliqda “Bildirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro kurorti ishga tushadi
Kurortda osma yo‘laklar, chang‘i uchish uskunalari va attraksionlar o‘rnatiladi. Shavkat Mirziyoyev bugun, 14 iyul kuni “Bildirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro kurorti loyihasi bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev: Odamlarning daromadini oshirish sanoat rivoji bilan chambarchas bog‘liq
O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda sanoat mahsuloti hajmi 167 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilgiga nisbatan 1,9 foizga kamaygan.

Prezident Jamshid Qo‘chqorov va Sardor Umurzoqov zimmasiga mas’uliyatli vazifa yukladi
Shavkat Mirziyoyev 5 avgust kuni energetika, transport, kommunal xo‘jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov dafn etilgan qabristonni ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz (foto)
Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni Nukus shahridagi «Shorsha baba» qabristoniga tashrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyatiga oid to‘plam nashrdan chiqarildi
To‘plamda davlat rahbarining 2016 yil sentyabr oyidan 2020 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrdagi siyosiy faoliyati solnomasi batafsil aks ettirilgan.

Shavkat Mirziyoyev: Pandemiyani jilovlashda jasorat ko‘rsatgan tibbiyot xodimlari taqdirlanadi
Bir guruh tibbiyot, ichki ishlar, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlarini va boshqa tashkilotchilarini faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladim, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oxirgi ikki yilda 122 nafar kadastr xodimi jinoiy javobgarlikka tortildi
21 iyul kuni yer hisobi va davlat kadastrlarini to‘liq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda 66 ta tumanda 150 ming gektar ekin yeri o‘zboshimchalik bilan egallangani, oxirgi ikki yilda 122 nafar kadastr xodimi jinoiy javobgar bo‘lgani haqida aytib o‘tildi.

Koronavirusga chalingan fuqarolar soni yanada oshib borishi hech gap emas – Shavkat Mirziyoyev
Qisqa muddatlarda koronavirusga chalinganlarni davolash uchun yaratilgan qo‘shimcha o‘rin-joylar sonini, birinchi navbatda oliygohlar yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari va boshqa sig‘imi katta bino-inshootlar hisobiga, kamida ikki-uch barobarga oshiriladi.

Shavkat Mirziyoyev: Bugundan boshlab shifokorlarning 14 kunlik ish xaqini joyida olish tizimi joriy etiladi
Koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan har bir maxsus shifoxonada alohida tijorat bankining kassalari tashkil qilinadi.

“O‘zsuvta’minot” AJ yil yakuniga qadar 2,5 million iste’molchini tarmoqqa ulaydi
17 iyul kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda iste’molchilar suv tarmog‘iga ulanmagani sababli daromadlar olinmayotgani uchun mas’ul rahbarlarning ishi tanqid qilinib, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatiga yil yakuniga qadar jami 2,5 million iste’molchini tarmoqqa ulash vazifasi qo‘yildi.

Shavkat Mirziyoyev: Agar biz bu xatarga beparvo bo‘lsak, odamlarning sog‘lig‘i va taqdirini xavf ostiga qo‘yamiz, o‘lim soni keskin ko‘payadi
Vaziyat hamon jiddiyligicha qolmoqda. Shuning uchun hech qaysi hudud rahbari bizda ahvol yaxshi, deb, xotirjamlikka berilishga haqqi yo‘q, dedi Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida.

Toshkent shahar hokimligi 3 oylik dori-darmon va himoya vositalari zaxirasini shakllantiradi
Zangiota tumanida yaqinda ish boshlagan shifoxonadagi joy soni yana 1000 o‘ringa ko‘paytiriladi.

Xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun soddalashtirilgan kreditlar ajratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 iyul kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda jahon bankining 2 million dollar mablag‘i doirasida 15 ming nafar ayolning bandligini ta’minlash loyihalarini jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Prezident topshirig‘i: Markaziy bank tijorat banklariga aholi omonatlarini jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ishlab chiqadi
Aholining jamg‘arma va muddatli depozitlari ulushi yirik banklarda o‘rtacha 5 foizni tashkil etadi, xolos. Shu munosabat bilan Prezident Markaziy bankka tijorat banklariga aholi omonatlarini jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ishlab chiqish topshirig‘ini berdi.

Prezident bank tizimida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida e’tibor qaratdi
Shavkat Mirziyoyev barcha tijorat banklari raislari korrupsiyaga chek qo‘yish, komplayens-nazorat kabi ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi lozimligini alohida ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Markaziy bank huzuridagi Qayta tayyorlash korporativ markazida avvalo joylardagi bank xodimlari uchun banklar transformatsiyasini tushuntirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etiladi.

Hamma rahbarlar qulog‘iga quyib olsin: sud faoliyatiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q – Shavkat Mirziyoyev
Oxirgi bir yarim yil ichida sudlar tomonidan hokimlarning yer ajratish, bino-inshootlarni buzish va xususiylashtirishga oid 1 ming 730 ta qarori bekor qilingan.

Prezident Oliy sud raisi va Bosh prokurorning protest keltirish huquqini bekor qilishni taklif qildi
Sudlar chiqarayotgan qarorlar faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanishi lozimligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev sudlarga Prezident talabini qo‘ydi
Sud tizimida eskilik sarqiti bo‘lgan “nazorat tartibida ishlarni ko‘rish” amaliyotidan to‘liq voz kechiladi.

Qancha fuqarodan asossiz ayblov olib tashlangani ochiqlandi
Prezidenti raisligida o‘tgan odil sudlovni ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida joriy yilning 5 oyida 1 ming 854 nafar shaxsga nisbatan qo‘yilgan asossiz ayblovlar olib tashlangani aytib o‘tildi.

Chekka qishloqdagi kambag‘al oilalar bandligi ta’minlanmoqda
“Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili asosida bir joyda eksportbop sifatli mahsulot yetishtiriladi, kambag‘al oilalar doimiy daromad manbalariga ega bo‘ladi va bandligi ta’minlanadi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)
Prezidentimiz mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

O‘zbekiston harbiylari Qizil maydonda chiqish qildi (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tantanali paradi Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari Shokir Xairov boshchiligida bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev boshqa davlat Prezidentlari bilan birga “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi (foto)
“Noma’lum askar” yodgorligi Ikkinchi jahon urushi o‘choqlarida Vatan himoyasi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan turli millatga mansub millionlab askarlar, shu jumladan o‘zbek o‘g‘lonlarining ham unutilmas xotirasi uchun bunyod etilgan.