# Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanada ishtirok etdi (foto)
Ekspertlar fikriga qaraganda, mustaqil O‘zbekiston Prezidentining ilk bor qatnashishi paradning nufuzini sezilarli darajada oshiradi. Harbiylarimiz ham mazkur tadbirda yurtimiz istiqlolga erishganidan keyin birinchi bor ishtirok etishlari.

G‘alla o‘rilgan maydonlarni peshma-pesh shudgorlab, takroriy ekinlar ekish bo‘yicha topshiriq berildi
16 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda o‘rim-yig‘imni har yilgiga nisbatan ertaroq yakunlash uchun barcha imkoniyatlar borligi, buning uchun ishni to‘g‘ri tashkil qilib, hosilni qisqa muddatda uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olish zarurligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev: Bo‘stonliqda 10 ming o‘ringa mo‘ljallangan ko‘chma dam olish maskanlari tashkil etish mumkin
O‘zbekistonda yangi ichki turizm marshrutlari ochilib, ko‘chma dam olish maskanlarini ko‘paytiriladi.

Prezident olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislar uchun yordam puli va uy-joy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi
16 iyun kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosarlariga olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriq berildi. Shuningdek, Sariosiyo, Oltinsoy va Uzun tumanlaridagi qishloq maktablarida o‘qituvchilar yetishmasligi masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Prezident “NANO Medical Clinic” ko‘p tarmoqli shifoxona faoliyati bilan tanishdi (foto)
Klinikada endokrinologiya, nevrologiya, kardiologiya, oftalmologiya, urologiya, otorinolaringologiya, ultratovush tashxisi, terapiya, fizioterapiya bo‘yicha konservativ davolash yo‘lga qo‘yilgan.

Shavkat Mirziyoyev: Ilmli odamlar - millatimizning oltin fondi (foto)
Shavkat Mirziyoyev 12 iyun kuni Talabalar shaharchasi hududida olim va pedagoglar uchun qurib, jihozlangan holda foydalanishga topshirilgan uylarni borib ko‘rdi.

Infografika: 8 ta asosiy yo‘nalish 2020 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘sish sur’atlarini ta’minlaydi
Shavkat Mirziyoyev joriy yil iqtisodiyotda o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun 8 ta asosiy yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev joriy yil iqtisodiyotda o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun 8 ta asosiy yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdi
Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda davlat rahbari yangicha yondashuv va instrumentlarni qo‘llash orqali iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev: Imkoniyat bo‘la turib, biz kimni boqyapmiz? Xalqimizni boqsak bo‘lmaydimi?
Andijon viloyatida kalsit, Samarqandda kvars, Toshkent viloyatida kaolin, Qashqadaryoda dala shpati va Farg‘onada dolomit xomashyosi bor. Lekin yiliga qariyb 650 ming dona santexnika tovarlari import qilib kelingan.

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga tashrifidan maqsadi nima ekanligini bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi.

Shavkat Mirziyoyev «Flowers Garden Park» ekoparkini sayr qildi (foto)
Davlat rahbari bog‘da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, manzarali daraxtlar va gul do‘konlarini ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev 14 yildan beri ijarada yashab yurib, endi o‘z uyiga ega bo‘lgan oila mehmoni bo‘ldi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida barpo etilgan 16 qavatli uyni borib ko‘rdi.

Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida bo‘lishi zarurligini ta’kidladi
Shavkat Mirziyoyev: Bunday zamonaviy shifoxonani qurish sermashaqqat, undan samarali foydalanish esa undan ham qiyin. Shuning uchun bu yerga vrach emas, tashkilotchi odam rahbar bo‘lishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o‘tgan iste’molchilardan kelib tushgan 11 mingta murojaat yechimi nima bo‘lgan o‘zi?
Prezident tomonidan ta’kidlangan fuqarolardan kelib tushgan 11 mingdan ortiq murojaatning salkam 90 foizi federatsiya ulushiga to‘g‘ri kelayotgani O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutining nechog‘li rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatlarini kengaytiriladi
28 may kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Oliy Majlisga hisobdor etib belgilash masalasini ko‘rib chiqish topshirig‘i berildi.

OTMlarda raqobatni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha alohida fakultet ochiladi
Oliy ta’lim tizimida raqobatni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha alohida fakultet, kunduzgi va sirtqi o‘qish shakli ochiladi.

Koronavirus jilovlangan davlatlar bilan turizm aloqalari bosqichma-bosqich tiklanadi
“Uzbekistan. Safe travel guaranteed” (“O‘zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan”) brendi ostida turistlar uchun sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi ishlab chiqildi. “Yashil” hududlar o‘rtasida ichki turizmga ruxsat berildi.

O‘zbekiston transport korxonalari karantin cheklovlari sababli hozirgacha qancha zarar ko‘rgani aytildi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda transport korxonalari karantin cheklovlari sababli qancha zarar ko‘rganligi aytildi.

Shavkat Mirziyoyev: Statistlar bergan raqamlar bilan shu paytgacha to‘g‘ri yo‘nalish qilib bo‘lmadi, xalqimiz manfaat ko‘rmadi
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilishda "Shunday og‘ir sharoitda fidoyi bo‘lmagan rahbar - xiyonatchi. Shu xalq uchun oylik olib yuribsizlar" - dedi.

Prezident Andijonda ochilgan texnoparkni borib ko‘rdi (foto)
Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida Digital City nomli texnopark bilan tanishdi. Yoshlar bilan suhbatda ularni doimiy o‘rganish, izlanishga chorladi.

Shavkat Mirziyoyev: Kambag‘allikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonda qurilgan yangi qurilgan uylarni borib ko‘rdi va xonadon egalari bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida 10 yil qarovsiz yotgan, hozirda zamonaviy binoga aylangan korxonani borib ko‘rdi
Andijon shahridagi “VBM Tekstil Grup” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan tikuvchilik va jinsi ishlab chiqarish, mato to‘qish va bo‘yash korxonalari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev: Fermer dalaga reja uchun emas, daromad uchun kirishi kerak (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Andijon viloyatiga keldi.

Prezident Andijonga jo‘nab ketdi
Safar davomida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.