Davlat tomonidan tartibga solish
675 ta material
SiyosatKelgusi yilda islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 dekabr kuni 2020 yilda ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni jadallashtirish, bu boradagi maqsadli parametrlarni belgilash va ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Iqtisodiyot va biznesSoliq to‘lovchilarga yaratiladigan yashil, sariq va qizil yo‘laklar nimani anglatadi?
Parlament quyi palatasidagi siyosiy partiya fraksiyalari hamda qo‘mitalari yig‘ilishlarida kechayotgan muhokamalarda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi to‘g‘risidagi qonun loyihasi maromiga yetkazilmoqda, deyiladi Qonunchilik palatasi saytida.
Iqtisodiyot va biznesXorijga ishga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Memorandumlar imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi PF-5785-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida 2019 yilning 28 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Mehnat vazirligi, “O‘zagrosug‘urta” AJ hamda “Mikrokreditbank” ATB o‘rtasida hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunni ham ma’qullashdi
Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ham muhokama qilishdi.
Iqtisodiyot va biznesByudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga yangi me’yorlar kiritiladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida parlament a’zolari “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdi.
Iqtisodiyot va biznesO‘zbekiston-Yaponiya: o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi rahbariyati a’zosi Yasayuki Asakura bilan uchrashdi. Vazirlikda bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida matbuot xizmati ma’lum qildi.
Iqtisodiyot va biznesDavlat byudjeti: 2020 yilda kutilayotgan prognozlar
Oliy Majlis Senati yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2020 yilda soliq islohotlarini davom ettirish bilan birga byudjet siyosatida ham jiddiy o‘zgarishlar nazarda tutilayotganini qayd etdi.
Iqtisodiyot va biznes“Boshqaruv kadrlari portali” yaratiladi
“Davlat boshqaruvida ilg‘or davlat menejmenti va “aqlli” boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori (959-son, 28.11.2019 y.) qabul qilindi.
SiyosatShavkat Mirziyoyev: Biz oliy darajadagi mintaqaviy muloqotni rivojlantirishning sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichiga ko‘tarildik
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.
Iqtisodiyot va biznesMChJlarga ham obligatsiya chiqarishga ruxsat berilishi mumkin
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi korporativ obligatsiyalar chiqarishni cheklovchi normalardan voz kechish va ma’suliyati cheklangan jamiyatlarning obligatsiyalar chiqarishiga ruxsat berish tarafdori. Agentlik tomonidan ushbu masalada tayyorlangan qonun loyihasi hozirda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritildi.
Iqtisodiyot va biznes“Zamonaviy maktab”lar tashkil etiladi
“Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4537-son, 26.11.2019 y.) qabul qilindi.
Iqtisodiyot va biznesUy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi
“Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni (PF–5883-son, 26.11.2019 y.) qabul qilindi.
Dekabr oyidan identifikatsiya vositalari yordamida tovarlarni markirovkalash boshlanadi
Tartib mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga, birinchi navbatda, sigareta va alkogol mahsulotlariga tatbiq etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 23.11.2019 yildagi 944-son qarorida belgilangan.
Iqtisodiyot va biznesGeodeziya va kartografiya faoliyatiga litsenziya olish soddalashtirildi
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga tegishli tuzatishlar kiritildi (21.11.2019 yildagi 927-son VMQga qarang).
Iqtisodiyot va biznesMahalliy kengashlar ayrim soliqlarni to‘lash muddatini uzaytiradi
Hukumat qarori (951-son, 25.11.2019 y.) bilan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va yagona yer solig‘i bo‘yicha to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Iqtisodiyot va biznesAsosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining zaxira hajmlari belgilandi
“2019-2020 yilgi qish-bahor mavsumida respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (949-son, 25.11.2019 y.) qabul qilindi.
Iqtisodiyot va biznesYo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi
“Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida” Hukumat qarori (948-son, 25.11.2019 y.) qabul qilindi.
Iqtisodiyot va biznesMarkaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari
Toshkentda 25 noyabr kuni “Markaziy Osiyo mamlakatlarida ishlab chiqarish salohiyati, savdo va barqaror rivojlantirish maqsadlari” mavzusida mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Bank qarz oluvchining sug‘urta kompaniyasini tanlash huquqini cheklamaydi
Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Iqtisodiyot va biznesOliy Majlis Qonunchilik palatasiga yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kiritildi
Parlamentimiz a’zolari uchun yilning oxiri mamlakatning iqtisodiy modelini yanada isloh qilishga qaratilgan moliyaviy hujjatlarga boy bo‘ldi.
