16-oktabr, juma00:40Toshkent +18°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 963,16▲ 49,81EUR13 390,36▲ 61,70RUB142,33▼ 0,06CNY1 787,47▲ 7,71GBP15 870,33▲ 91,10JPY75,50▲ 0,18KRW8,95▲ 0,06CHF14 358,09▲ 46,04KZT26,47▼ 0,04
Iqtisodiyot va biznes

“Zamonaviy maktab”lar tashkil etiladi

“Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4537-son, 26.11.2019 y.) qabul qilindi.

1 daqiqa o'qish603 marta o'qildi

“Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4537-son, 26.11.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejovchi texnologiyalar asosida barpo etiladigan hamda jihozlanadigan, xalqaro talablar asosida sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan “Zamonaviy maktab”lar tashkil etiladi.

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK maktablarni “Zamonaviy maktab”larga qo‘yilgan talablar asosida baholash bo‘yicha mas’ul tashkilot etib belgilandi.

Shu munosabat bilan unga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Jumladan, maktablarni “Zamonaviy maktab”larga qo‘yilgan talablar asosida baholash orqali ularga muvofiqlik sertifikatini berish DUKning vazifalaridan biri hisoblanadi.

2020 yil 1 martdan boshlab davlat maktablarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash “Zamonaviy maktab”larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalari va jihozlash me’yorlari asosida amalga oshiriladi.

Qaror bilan, shuningdek, 2020-2022 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini “Zamonaviy maktab” talablari asosida yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy parametrlari va manzilli dasturlari tasdiqlandi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi