Davlat tomonidan tartibga solish
675 ta material
JamiyatAvtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi
Maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi qaroriga asosan, 2020 yil 9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi.
Iqtisodiyot va biznesO‘zbekistonda 6,76 milliard so‘mdan ziyod soliqlarni to‘lash muddati keyinga qoldirildi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida iqtisodiy barqarorlikni va sohalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator soliq imtiyozlari joriy etildi.
MulohazaPandemiya sharoitida ish beruvchining xodimlar oldidagi majburiyatlari nimalardan iborat?
Saqlanib qolayotgan mehnat sharoitlarida ish haqini kamaytirish yoki uning to‘lanilishini kechiktirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Mehnat shartnomasining bekor qilinishida xodimga foydalanilmagan asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiya, shuningdek, ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lashdan, qachonki MK bunday majburiyatni ish beruvchiga yuklaganda bosh tortish noqonuniydir, deydi Mehnat kodeksi mualliflaridan biri Mixail Gasanov.
JamiyatToshkent shahriga doimiy propiskaga qo‘yish to‘g‘risida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish muddati uy-joy egasining roziligi asosida 1 yildan 5 yilgacha uzaytirilmoqda.
SiyosatAlisher Usmonov koronavirusga qarshi dori topilsa, O‘zbekistonga o‘zi pulini to‘lab olib kelmoqchi
Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Alisher Usmonovning O‘zbekistonga ko‘rsatayotgani yordami haqida to‘xtalib o‘tdi.
SiyosatShavkat Mirziyoyev: birorta ham tadbirkorni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3 aprel kuni koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
SiyosatKoronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
"Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Prezident farmoni imzonlandi.
SiyosatShavkat Mirziyoyev: Iqtisodiyotimizni, tadbirkorlarni faol qo‘llab-quvvatlash uchun yana bir muhim farmonga imzo chekdim
"Men bugun mana shunday qiyin vaziyatda iqtisodiyotimizni, tadbirkorlarni faol qo‘llab-quvvatlash uchun yana bir muhim farmonga imzo chekdim. Qanchalik murakkab bo‘lmasin, byudjetdan katta xarajatlarni talab etmasin, qo‘shimcha choralarni ko‘rishga qaror qildim", dedi Shavkat Mirziyoyev.
SiyosatBryus Panniyer: Shavkat Mirziyoyev ayni tang vaziyatda mintaqada yana liderlikni o‘z qo‘liga oldi
"Markaziy Osiyo mamlakatlari doirasida faol harakat qilayotgan bitta siyosatchi bo‘lsa, u ham O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdir", deydi Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha ekspert Bryus Panniyer
SiyosatYolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy himoyasi kuchaytiriladi
Shavkat Mirziyoyev yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlarini ko‘paytirish va narxlari oshishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida mas’ullarga topshiriq berdi.
Iqtisodiyot va biznesMarkaziy bank koronavirus pandemiyasi oqibatida tijorat banklari tomonidan kreditlarning to‘lov muddatlarini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi axborot berdi
Karantin davri tugagandan so‘ng belgilangan muddat ichida qo‘shimcha hujjatlarni qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilmagan taqdirda kredit shartnomasiga kiritilgan o‘zgarishlar kredit tashkiloti tomonidan bekor qilinishi va dastlabki shartnoma shartlari kuchga kirishi mumkin.
SiyosatQarorlar kambag‘allik darajasiga ta’sirini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkaziladi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etadi, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshiradi.
SiyosatParlament O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligiga oid masalani o‘rganishga kirishdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidovning ma’lum qilishicha, parlament quyi palatasi Kengashi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasi o‘rganilmoqda.
JamiyatMasofaviy ishlashga o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Bu huquqdan birinchi bo‘lib qaysi xodimlar foydalanadi?
Masofaviy ishlash usuliga o‘tkazilgan xodimlarning mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlari va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlab qolinadi.
SiyosatPrezident Shavkat Mirziyoyev koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston ahliga yana bir bor murojaat qildi
Xalqimiz jipslashib, shifokorlarning barcha tavsiyasi, ko‘rsatmalariga amal qilsalar, odamlarimiz karantin davrida hayotiy zaruratsiz o‘z xonadonlarini tark etmasa, kasallikning ilk belgilari aniqlanganda uni yashirmay shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilsa, biz bu kasallikni, albatta, yengamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
SiyosatO‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.
SiyosatKoronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
2020 yil 23 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
JamiyatKarantin vaqtida internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlar kechiksa uzib qo‘yilmaydi
23 mart kuni imzolangan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida Internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun o‘chirib qo‘yilmasligi keltirilgan. Shuningdek, xodimlarning mehnat ta’tiliga chiqarish belgilangan.
JamiyatKoronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida fond tashkil qilindi
Xalqaro press-klub "COVID-19"ga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bag‘ishlangan sessiyada Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hukumatga moddiy yordam berish maqsadida fond tashkil qilingani haqida xabar berdi.
JamiyatTibbiyot niqobini ishlab chiqarish uchun litsenziya talab etilmaydi
Aholining salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash va tibbiyot niqobi taqchilligini oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish maqsadida tibbiyot niqobini ishlab chiqarish uchun litsenziya kerak bo‘lmaydi.
