14-oktabr, chorshanba13:11Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi keng nishonlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma yetti yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘yish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

1 daqiqa o'qish552 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma yetti yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘yish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari harbiy orkestr sadolari ostida monument poyiga gullar qo‘ydi va hurmat bajo keltirdi.

Mustaqillik va ezgulik monumenti hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi hisoblanadi.

Bosh Qomusimiz O‘zbekistonda insonparvar demokratik huquqiy davlat, erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini barpo etishning eng muhim qoidalarini o‘zida mujassam etib, jamiyatimiz hayotining asosiy huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

Manba: O‘zA

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi