“Yashirin iqtisodiyot” ulushi qisqartiriladi
“Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish maqsadida “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Unga ko‘ra, iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmi oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasida “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi:
- iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirishga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;
- iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va markirovkalash;
- iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirish;
- bank xizmatlarining ommabopligini oshirish;
- “yashirin iqtisodiyot” sub’yektlarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish;
- tashqi savdoda “yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish bo‘yicha samarali tizimni joriy etish;
- “yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish bo‘yicha keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish.



