“Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlari integratsiyalashtiriladi
“Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“O‘zbekiston Respublikasida “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
Jumladan:
- aholi uchun iste’mol kreditlari ajratish tartibi yanada soddalashtiriladi va takomillashtiriladi;
- barcha kadastr hujjatlari raqamlashtiriladi;
- “Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlarini integratsiyalashtiriladi;
- "QR" kod orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarning ommabopligi oshiriladi va ko‘lami kengaytiriladi;
- moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi muqobil tashkilotlar rivojlantiriladi, “Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.



