14-oktabr, chorshanba08:08Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

“Toshkent-Kiyev” avia va "Toshkent-Xarkov" temir yo‘l qatnovi tiklanishi mumkin

O‘zbekiston-Ukraina biznes forumi doirasida “Toshkent-Kiyev-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

1 daqiqa o'qish30 marta o'qildi

Kiev shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Ukraina biznes forumi doirasida “Toshkent-Kiyev-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovini hamda "Toshkent-Xarkov-Toshkent" temir yo‘l liniyasini tiklash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Forum doirasida joriy yilning bahorida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston-Ukraina hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ham ishlab chiqilgan va bo‘lajak tadbir kun tartibiga kiritish uchun ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingan.

Shuningdek, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, bojxona va tariflarni tartibga solish, veterinariya-sanitariya talablarini va o‘simliklar karantinini uyg‘unlashtirish borasida o‘zaro munosabatlar sohalarida masalalarni hal etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi