# Украина

Ukrainada ilk bor O‘zbekiston birjasining xorijiy savdo maydonchasi ish boshladi
Ayni paytda birjaning yangi savdo maydonchasi tomonidan xorijiy mijozning 500 tonna o‘simlik yog‘ini O‘zbekiston Respublikasiga sotish bo‘yicha dastlabki buyurtmasi kiritildi.

O‘zbekiston va Ukraina o‘zaro savdo aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazmoqchi
Ikki mamlakat o‘rtasida kimyo, neft-kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat, farmatsevtika, sanoat kooperatsiyasi sohasida va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida hamda mashinasozlik, neft va gaz uskunalarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

“Toshkent-Kiyev” avia va "Toshkent-Xarkov" temir yo‘l qatnovi tiklanishi mumkin
O‘zbekiston-Ukraina biznes forumi doirasida “Toshkent-Kiyev-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

O‘zbekistonlik ekspertlar Ukrainaning AESining atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha tajribasini o‘rganmoqda
O‘zbekistonlik ekspertlar AES qurilishiga doir loyihalarning ekologik ekspertizasi borasidagi tajribalar bilan tanishish maqsadida Ukrainaga tashrif buyurdilar.