14-oktabr, chorshanba10:46Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Teatr, kino va konsert zallari ijtimoiy masofani saqlagan holda ishlay boshlaydi

“Karantin talablari yumshatilayotgan bo‘lsa-da, barchamiz ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish, dezinfeksiya va boshqa sanitariya-gigiyena talablariga so‘zsiz amal qilishimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida.

1 daqiqa o'qish50 marta o'qildi

Karantin cheklovlari yumshatilmoqda. Shu jumladan, konsert va boshqa tadbirlarni tashkil etilishiga ham ruxsat berildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan hududlarda sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Jamoat transportlari, buyum bozorlari, sport zallari faoliyatiga ham ruxsat berildi

Televideniye va radioda madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar ko‘rsatuv va eshittirishlarni ko‘paytirish, ijtimoiy masofani saqlagan holda teatr, kino, konsert va boshqa tadbirlarni tashkil etish masalasiga ham e’tibor qaratildi.

– Karantin talablari yumshatilayotgan bo‘lsa-da, barchamiz ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish, dezinfeksiya va boshqa sanitariya-gigiyena talablariga so‘zsiz amal qilishimiz, ilgari yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamasligimiz kerak. Xudoga shukur, hammamiz ham yetarli tajriba orttirdik. Ko‘pni ko‘rgan xalqimiz juda katta matonat va qahramonlik, tibbiy madaniyatini namoyon qilyapti. Temir intizom, qattiq chidam va sabr-toqat bilan biz albatta bu sinovlarni tez orada yengib o‘tamiz. Men bunga qat’iy ishonaman, – deya ta’kidladi Prezident.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi