14-oktabr, chorshanba08:56Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Masjidlar, xususiy bog‘cha va maktablar hamda o‘quv markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi

Bunda ushbu muassasalar muayyan sanitariya talablariga bo‘ysunishlari lozim.

1 daqiqa o'qish208 marta o'qildi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020 yil 15 avgustdan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablar, shuningdek, o‘quv kurslari (markazlari) faoliyatiga ruxsat beriladi. Bunda ushbu muassasalar muayyan sanitariya talablariga bo‘ysunishlari lozim.

2020 yil 17 avgustdan boshlab diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat beriladi. Bunda har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qat’iy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishi ta’minlanishi lozim.

Eslatma: diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi