14-oktabr, chorshanba09:00Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: Ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirishga ruxsat berish kerak

Shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarning ichki hovli va hududlarida ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirishga ruxsat berish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

1 daqiqa o'qish384 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev: Fuqarolarimiz tomonidan shaxsiy avtotransportdan foydalanishga cheklovlarni yumshatish maqsadga muvofiq

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev sanitariya-epidemiologiya holatining ijobiy dinamikasi, ob-havo sharoiti va fuqarolarning ko‘plab murojaatlarini inobatga olgan holda, shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarning ichki hovli va hududlarida ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirishga ruxsat berish kerakligi haqida ta’kidladi.

Bunda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish talab etiladi.

Ushbu topshiriqning ijrosini ta’minlash chorasini ko‘rish Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga yuklatildi.

"Toshkent shahri bu borada namuna bo‘lishi kerak", dedi Prezidentimiz.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi