14-oktabr, chorshanba08:06Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

“Propiska” umuman iste’moldan chiqariladi, cheklovlar esa bekor bo‘ladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

1 daqiqa o'qish444 marta o'qildi

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisga Murojaatnomasida “propiska” masalasiga alohida to‘xtalib, uni adolatli hal etish zarurligini qayd etgani ta’kidlandi.

Toshkentdan uy sotib olish uchun propiska so‘ralmaydi

Qonun loyihasi mavjud muammo va kamchiliklarni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tartibga solinadigan qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Qayd etilganidek, eng avvalo, «propiska» so‘zi fuqarolar ongida «to‘sqinlik qiluvchi», «bir joyga bog‘lovchi», «erkinlikni cheklovchi» degan tushunchalar sifatida muhrlanib qolganligi munosabati bilan «doimiy propiska» so‘zlari «yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish» so‘zlariga almashtirilmoqda. Bu bejiz emas. Chunki hozirgi vaqtda rivojlangan davlatlarda aholi ichki migratsiyasida poytaxt va uning atrofidagi hududlarga nisbatan alohida talab va qoidalar hamda propiska instituti mavjud emas.

Bundan tashqari aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manziliga, balki ularning egaligida bo‘lgan uy-joy maydoniga ham doimiy ro‘yxatga turish imkoniyati berilmoqda.

Toshkent shahriga doimiy propiskaga qo‘yish to‘g‘risida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda

Ayni paytning o‘zida er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda “propiska”ni yo‘qotishiga doir qoidalar bekor qilinyapti. Qolaversa, er-xotinga ular nikohdan o‘tgan kunning o‘zida yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga qo‘yish huquqi berilmoqda.

Davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida hamda boshqa davlat tashkilotlarida uzluksiz besh yil va undan ortiq bo‘lgan davr mobaynida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) tegishli organ yoki tashkilot rahbarining ma’lumotnomasiga ko‘ra, shuningdek, ularning oila a’zolariga doimiy ro‘yxatga turish bo‘yicha yangi band kiritilmoqda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi