14-oktabr, chorshanba08:08Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Gulistonga evakuatsiya qilingan odamlar bilan uchrashdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi favqulodda hodisa sababli Guliston shahriga evakuatsiya qilingan odamlar bilan uchrashib, so‘ngra Toshkentga qaytdi.

1 daqiqa o'qish448 marta o'qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi favqulodda hodisa sababli Guliston shahriga evakuatsiya qilingan odamlar bilan muloqot qilib, ulardan ko‘ngil so‘radi. Hech kim e’tibordan chetda qolmasligi, hammaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Hukumat komissiyasiga berilgan ko‘rsatmalar asosida suv bosgan hududlarni tozalash, qurilish va ta’mirlash, turmush maromini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uzluksiz ish davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari 2 may tunda Toshkentga qaytib keldi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi