# Sardoba

Shavkat Mirziyoyev Sardoba voqeasida jabr ko‘rganlar uchun barpo etilgan uylarni borib ko‘rdi (+foto)
Butun mamlakatimizdan mutaxassislar keldi. Bu yerda Qoraqalpog‘iston va har bir viloyatning o‘z ko‘chasi bor, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sardobada zarar ko‘rgan ichimlik suv inshootlarini tiklash uchun 129,7 mlrd. so‘m ajratildi
Ofat natijasida zarar ko‘rgan markazlashgan ichimlik suvi ob’yektlari qayta tiklanmagunicha talafot ko‘rgan aholi punktlariga 53 ta maxsus suv tashish transportlari yordamida ichimlik suvi yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Bosh prokuratura «Sardoba» suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablarini aniqladi
30 kishilik komissiya tekshiruvidan so‘ng «Sardoba» suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablari aniqlandi.

Sardobadagi toshqindan talafot ko‘rgan aholi va tadbirkorlikning banklardan qarzi 6 oygacha uzaytirildi
13 may kuni AOKA huzuridagi shtabda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov ishtirokida «Sardoba» suv ombori bilan yuz bergan falokat tafsilotlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Sardobadagi toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat byudjetidan jami 1,5 trln so‘m ajratiladi
Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari va ularni bartaraf etish maqsadida davlat byudjetidan jami 1,5 trln so‘m ajratiladi. Ushbu mablag‘lar 9ta yo‘nalishda taqsimlanishi ko‘zda tutilgan.

Sirdaryoda uy-joyiga ziyon yetgan aholi uchun ko‘p qavatli uylar quriladi
Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida suv bosgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida 2020−2021 yillar davomida 50 ta ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.

Shavkat Mirziyoyev: Sardobadagi suv toshqinida 4 nafar fuqaromiz halok bo‘lgan, 1 nafari bedarak yo‘qolgan
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Hozirgacha 4 nafar fuqaromizning tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani, 1 nafari bedarak yo‘qolgani aniqlandi, dedi Prezidentimiz.

Shavkat Mirziyoyev o‘z uylariga qaytgan odamlar bilan muloqotda bo‘ldi (foto)
3 may kuni Sardoba tumanidagi Qo‘rg‘ontepa mahallasi aholisi o‘z uylariga qayta boshladi. Shavkat Mirziyoyev mahalladagi xonadonlarda bo‘lib, xonadon egalaridan hol-ahvol so‘radi.

Shavkat Mirziyoyev Gulistonga evakuatsiya qilingan odamlar bilan uchrashdi (foto)
Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi favqulodda hodisa sababli Guliston shahriga evakuatsiya qilingan odamlar bilan uchrashib, so‘ngra Toshkentga qaytdi.

Shavkat Mirziyoyev: Qurilish, ta’mirlash va yangi uylar barpo etish bo‘yicha xalq bilan masalahatlashib ish tutamiz (foto)
Shavkat Mirziyoyev Sardoba tumanidagi suv toshqiniga duch kelgan mahalalarni borib ko‘rdi. O‘z mahallasiga qaytgan odamlar bilan muloqotda bo‘lib, talafot ko‘rgan joylarda turmush sharoitlari tez kunlarda tiklanishi, aholiga har tomonlama ko‘mak berilishini ta’kidladi.

FVV: Sardobadagi suv oqimi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirildi
Evakuatsiya qilingan aholi uchun niqob, antiseptik vosita va qo‘lqoplar tarqatildi. Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan.

FVV Sardoba suv omboridan suv chiqishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi
Sardoba tumanidan 11598 nafar aholi evakuatsiya qilingan. Suv bosish xavfi bo‘lgan “Quytosh”, “Ota yurt”, “Birlik” MFYlaridan ham aholini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Voqea joyiga respublika hukumati rahbari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya (MG) va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari yetib borgan.