14-oktabr, chorshanba08:59Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Sirdaryoda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida yuz bergan favqulodda hodisa yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda favqulodda hodisa va uning oqibatlari atroflicha tahlil qilindi, zarur chora-tadbirlar belgilandi.

1 daqiqa o'qish730 marta o'qildi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida yuz bergan favqulodda hodisa sababli ushbu hududda bo‘lib turibdi.

Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboriga borib, to‘g‘onni tiklash ishlarini ko‘zdan kechirdi (foto)

Davlatimiz rahbari raisligida Guliston shahrida mutasaddi rahbarlar, huquq-tartibot idoralari mas’ullari, jamoatchilik vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda Sardoba suv ombori to‘g‘onining kutilmaganda ochilishi va uning oqibatlari atroflicha tahlil qilindi, tegishli xulosalar chiqarildi.

Aholi salomatligini saqlash, talafot ko‘rganlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy ob’yektlar va qishloq xo‘jaligi maydonlarini tezroq tiklash bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Bugun butun mamlakatimiz e’tibori Sardoba tumanidagi tabiiy ofat asoratlarini bartaraf etishga, suv toshqinidan aziyat chekkan yurtdoshlarimizga moddiy yordam ko‘rsatishga, ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Olijanob va mehr-oqibatli xalqimiz hamjihat bo‘lib, Sirdaryoga oziq-ovqat, issiq kiyim-bosh va boshqa zarur mahsulotlar yuklangan ko‘mak karvonlarini yubormoqda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi