14-oktabr, chorshanba10:42Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangi ro‘yxati e’lon qilindi

Ilgarigi ro‘yxatga qaraganda yangi ro‘yxat 49 ta pozitsiyaga qisqargan. Biroq, shifokor retseptisiz beriladigan monopreparatlarning umumiy soni 4 taga oshgan, kompleks preparatlar esa shu ro‘yxatda 53 taga kamaygan.

1 daqiqa o'qish796 marta o'qildi

Retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangi ro‘yxati e’lon qilindi (ro‘yxat raqami 3200, 6.12.2019 y.).

Ilgarigi ro‘yxatga qaraganda yangi ro‘yxat 49 ta pozitsiyaga qisqargan. Biroq, shifokor retseptisiz beriladigan monopreparatlarning umumiy soni 4 taga oshgan, kompleks preparatlar esa shu ro‘yxatda 53 taga kamaygan.

Umumiy ro‘yxatda bo‘lmagan barcha dori vositalariga endi retsept talab etiladi. Bu shifokorning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish va uni qo‘llash usuli to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmasidir. Retseptning shakli Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, retseptsiz preparatlar ro‘yxati har yili yangilanadi (yilda kamida 1 marta). Qoidaga ko‘ra, bu noyabr-dekabrda ro‘y beradi. Masalan, 2016, 2017 va 2018 yilda ham shunday bo‘lgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi