14-oktabr, chorshanba09:00Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Pandemiyaning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun grantlar jalb qilinadi

“Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

1 daqiqa o'qish110 marta o'qildi

Qaror bilan Koronavirus global pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish chora-tadbirlari uchun grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi tasdiqlandi va uning eng muhim vazifalari belgilandi.

Yo‘l xaritasidagi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan tovarlar va xizmatlar xarid qilishning jadallashtirilgan mexanizmlarini amaliyotga joriy etish muvofiqlashtiruvchi guruhning vazifalaridan hisoblanadi.

Qaror bilan qator vazirliklar qarz mablag‘larini jadal jalb qilish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan mas’ul ijro etuvchi agentliklar etib belgilandi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi