14-oktabr, chorshanba10:48Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Karantinda bo‘lib turgan fuqarolarning har biriga 14 kunlik karantin davri uchun qancha mablag‘ sarflanmoqda?

23 aprel kuni Xalqaro press-klubda bo‘lib o‘tgan sessiyada Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov karantinda bo‘lganlar va koronavirusdan davolanayotganlarning har biriga qanchadan mablag‘ sarflanayotgani haqida ma’lum qildi.

1 daqiqa o'qish618 marta o'qildi

23 aprel kuni Xalqaro press-klubda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov, Moliya vaziri Timur Ishmetov, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov va Toshkent bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov ishtirokida sessiya bo‘lib o‘tdi.

Unda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda kasallikdan davolanayotganlar ham, kasallikda gumon qilinganlar ham, karantinda saqlanayotganlarning barchasi bepul, davlat byudjeti hisobidan davolanmoqda, muolajalar olib borilmoqda.

“Karantinda bo‘lib turgan fuqarolarning har biriga 14 kunlik karantinda davri uchun 2,4 million so‘mdan, koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga olingan har bir bemorning tiklanishi uchun 2,8 million so‘mdan mablag‘ sarflanmoqda”, deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi