14-oktabr, chorshanba08:55Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekistondan yengil avtomobillar eksporti asosan Qozog‘istonga amalga oshirilgan

10 oy ichida avtomobil eksporti 66,8 foizga oshgan bo‘lib, 50,9 mln dollarni tashkil qilgan. Qozog‘istonga 11 048 dona avtomobil eksporti amalga oshirilgan.

1 daqiqa o'qish20 marta o'qildi

Mamlakatimizdan 2020 yilning 10 oyida chet elga 127,2 mln. AQSh dollari qiymatidagi 13 310 dona yengil avtomobil eksport qilingan.

Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln. AQSh dollariga ya’ni 66,8 % ga oshgan. O‘zbekiston yengil avtomobillari asosan Qozog‘istonga (11 048 dona) eksport qilingan.

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:

- Qozog‘iston – 109,8 mln. AQSh dollari

- Ukraina – 6,4 mln. AQSh dollari

- Ozarbayjon – 6,2 mln. AQSh dollari

- Rossiya – 2,2 mln. AQSh dollari

- Tojikiston – 1,2 mln. AQSh dollari

- Boshqa davlatlar – 1,4 mln. AQSh dollari

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning 10 oyida mamlakatimizga 392,8 mln. AQSh dollari qiymatidagi 22 228 dona yengil avtomobil import qilingan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi