14-oktabr, chorshanba09:00Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

"Lukoyl" kompaniyasi O‘zbekistondagi gaz qazib olishni loyihalashtirilgan darajada deyarli qayta tikladi

Gazni eksport qilish uchun Xitoyga jo‘natish o‘rniga, kompaniya uni O‘zbekistonning ichki bozorida sotdi.

1 daqiqa o'qish60 marta o'qildi

"Lukoyl" O‘zbekistondagi gaz qazib chiqarishni deyarli loyihalashtirilgan darajada qayta tikladi, deb xabar berdi RNS'ga "Lukoyl" ning moliya bo‘yicha vitse-prezidenti Pavel Jdanov.

«Bizning loyihalarimiz bo‘yicha eksport ta’minoti qayta tiklandi va sentyabrdan ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich tiklash boshlandi. Ayni paytda kunlik ishlab chiqarish deyarli to‘liq loyihaviy darajaga keltirildi», dedi Jdanov O‘zbekistondagi gaz qazib olish to‘g‘risida.

Joriy yilning avgust oyida "Lukoyl" ning moliya bo‘yicha vitse-prezidenti Pavel Jdanov "Covid-19" koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tufayli Xitoyda gazga bo‘lgan talabning pasayishi sababli kompaniya O‘zbekistondagi "Hisor" loyihasida gaz qazib olishni vaqtincha to‘xtatganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan gazni ushbu mamlakatning ichki bozoriga 2020 yilda yetkazib berish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishgan.

“Hisor” loyihasi O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatida joylashgan. “Lukoyl” 2008 yilda “Janubi-G‘arbiy Hisor” loyihasiga kirdi. Shartnoma tuzilgan maydonda yettita kon mavjud. Loyiha uchun Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim (MTB) 2043 yilgacha amal qiladi. MTB ishtirokchilari: O‘zbekiston va Lukoyl (100% ishtirok).

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi