14-oktabr, chorshanba11:32Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekistonda o‘tgan yilga 101,6 % ko‘p kartoshka yetishtirildi

Joriy yilning 9 oyida eng ko‘p kartoshka Samarqand viloyatida yetishtirilgan. O‘tgan yilga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 4,2 %, dehqon xo‘jaliklarida 1,0 % o‘sish kuzatilgan.

1 daqiqa o'qish36 marta o'qildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar - sentyabr oylarida 2 432,7 ming tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 101,6 %ni tashkil qildi.

Joriy davrda yetishtirilgan kartoshka hajmini boshqa toifadagi xo‘jaliklar bilan taqqoslaganda yuqori ko‘rsatkichlar 2 096,1 ming tonna yoki umumiy ishlab chiqarish hajmining 86,2 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.

Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 4,2 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 1,0 % hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 34,8 % o‘sish qayd etildi.

Kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmining eng yuqori ulushiga ega hududlar:

  • Samarqand viloyati - 21,1 %
  • Surxondaryo viloyati - 11,8 %
  • Toshkent viloyati - 10,9 %
  • Farg‘ona viloyati - 9,9 %
  • Andijon viloyati - 9,4 %
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi