# kartoshka

O‘zbekistonda o‘tgan yilga 101,6 % ko‘p kartoshka yetishtirildi
Joriy yilning 9 oyida eng ko‘p kartoshka Samarqand viloyatida yetishtirilgan. O‘tgan yilga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 4,2 %, dehqon xo‘jaliklarida 1,0 % o‘sish kuzatilgan.

Kartoshka, piyoz, sabzi, guruch mahsulotlarining zaxira hajmlari belgilandi
Aholining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish haqidagi qarorga ko‘ra kartoshka, piyoz, sabzi, guruch mahsulotlarining respublika bo‘yicha jami zaxira hajmi 795 ming tonna etib belgilandi.

Kartoshka yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi
“Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug‘chiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, kartoshkachilikka ixtisoslashtiriladigan tumanlarda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi.

“Daryo porti” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida 751 tonna kartoshka mahsulotlari rasmiylashtirildi
“Daryo porti” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti Afg‘oniston va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida Amudaryo orqali yuk tashuvida suv transporti va ularda tashilayotgan tovarlarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, hozirda aholining eng muhim zaruriy va birlamchi tovarlari bo‘lgan kartoshka, shakar, guruch, sarimsoq piyoz kabi mahsulotlar tez fursatlarda ichki bozorlarga yetkazib bermoqda.