Joriy haftada barcha valyuta kurslari, jumladan AQSh dollari ham oshdi
Markaziy bank 10 noyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy hafta barcha valyuta kurslarida ko‘tarilish kuzatildi.

Markaziy bank bergan xabarga ko‘ra, 10 noyabrdan 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 12,02 so‘mga ko‘tarilib, 10 378,88 so‘mni tashkil qildi. Yevro 247,53 so‘mga ko‘tarilib, 12 321,81 so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 3 noyabrdan bugungacha, 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 6,98 so‘mga ko‘tarilib, 10 366,86 so‘mni tashkil qilgan, yevro 211,50 so‘mga pastlab, 12 074,28 so‘m bo‘lgan edi.



