14-oktabr, chorshanba13:12Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

O‘zbekiston Xitoyga gumanitar yordam yuboradi

Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan O‘zbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamini ko‘rsatadi. Prezident farmoyishiga ko‘ra 6 xil turdagi tibbiy buyumlar yuboriladi.

1 daqiqa o'qish0 marta o'qildi

Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida Prezident farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Xitoy tomonining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida XXRga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuboriladi:

  • bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar;
  • himoya qiluvchi kombinezon;
  • yuz uchun filtrlovchi niqob;
  • maxsus tibbiy forma;
  • tibbiy niqoblar;
  • tibbiy doka.

Yuklarni O‘zbekiston delegatsiyasi kuzatib boradi

Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun XXRga sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi yuboriladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki shakllantirilishi va yetkazib berilishi uchun mas’ul etib belgilandi.

Yordamning ikkinchi partiyasiga ham tayyorgarlik ko‘riladi

Insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini tayyorlash maqsadida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi respublika to‘qimachilik korxonalarida tibbiy niqoblar va himoya kiyimlari tayyorlanishini ta’minlaydi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi