14-oktabr, chorshanba08:54Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Toshkentda Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasini ochiladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Hovsep Voskanyan bilan Toshkentda Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasi ochilishini muhokama qildi.

1 daqiqa o'qish44 marta o'qildi

2020 yilning 11 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Hovsep Voskanyan bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, qo‘shma tadbirlarni, jumladan, Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, shuningdek, Toshkent shahrida Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasini ochish masalalari muhokama qilindi.

Mart oyining ilk kunlarida Toshkent investitsiya forumi o‘tkaziladi

Tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining o‘sishini, xususan, o‘tgan yili 980 mln. dollarini tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 26 foizga oshishini ijobiy baholadi.

Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining 5-6-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent investitsiya forumida ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tadbir O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirgan xalqaro biznes uchrashuvlari uchun eng yirik maydonga aylanishi kutilmoqda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi