OTMga hujjatlarni 15 iyundan onlayn qabul qilish boshlanadi
OTMlarga hujjatlar ikki xil usulda topshirilishi mumkin. Talab qilinadigan hujjatlar avvalgi yillardagidan kam.

OTMlarga hujjat 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi. Bu haqda DTM rahbari Majit Karimov ma’lum qildi.
Hujjatlar 2 xil usul bilan topshirilishi mumkin:
1) DTM sayti orqali;
2) my.gov.uz portali orqali.
Talab qilinadigan hujjatlar:
(avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun)
- pasport;
- diplom;
- til bilishi sertifikati;
- imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.
(joriy yil bitiruvchilari uchun)
- pasport;
- bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).



