14-oktabr, chorshanba09:00Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Joriy o‘quv yilida kam ta’minlangan oila farzandlari va So‘x tumanida istiqomat qiluvchilar uchun kvota ajratiladi

2020/2021 o‘quv yili taxminiy qabul kvotasi 156 000 tadan oshishi kutilmoqda.

1 daqiqa o'qish946 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bexzod Musayev rahbarligida 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan offlayn brifing bo‘lib o‘tmoqda.

2020/2021 o‘quv yilida OTMlarga qabul kvotasi oshiriladi

Joriy o‘quv yili uchun So‘x tumanida istiqomat qiluvchi bitiruvchilariga OTMlarga kirishda alohida 500ta davlat granti kvotasi beriladi. Shuningdek, kam ta’minlangan ayollar va ularning farzandlariga alohida 800ta davlat granti uchun kvota ajratiladi.

Ikkala kvotaning ham kimlarga berilishi tartibi tez orada tasdiqlanib, e’lon qilinadi.

Bu yilgi taxminiy qabul kvotasi 156 000 tadan oshishi kutilmoqda. 144 000 tasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va qolgani magistratura mutaxassisliklariga ajratiladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi