14-oktabr, chorshanba09:00Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Navoiy viloyatida 2020 yilning 1 choragida 93,8 million dollarga teng bo‘lgan mahsulotlar eksport qilingan

Joriy yilda eksport hajmining 31,5 million dollarga teng qismi hududiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, tarmoq korxonalari tomonidan 62,3 million dollarlik tovarlar chet eldagi hamkorlarga yuborilgan.

1 daqiqa o'qish128 marta o'qildi

Koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatimizda eksport-import hajmlarining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlar kuchaytirilmoqda. Xususan bu borada Navoiy viloyati eksportchilari tomonidan 2020 yilning 1 choragida 93,8 million dollarga teng bo‘lgan mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 million dollar yoki 15 foizga ko‘p demakdir.

Joriy yilda eksport hajmining 31,5 million dollarga teng qismi hududiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, tarmoq korxonalari tomonidan 62,3 million dollarlik tovarlar chet eldagi hamkorlarga yuborilgan.

Tarmoq korxonalari tomonidan asosan tabiiy qazilmalar eksport qilingan bo‘lsa, hududiy korxonalar eksportida bir muncha xilma-xillikni kuzatish mumkin. Xususan, ushbu korxonalar tomonidan kalava ip, to‘qimachilik mahsulotlari, daraxt va o‘simliklar, meva-sabzavot mahsulotlari, plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar kabi jami 27 xil tovar eksport qilingan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi