14-oktabr, chorshanba08:59Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Markaziy bank: Kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi

Markaziy bank kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etishi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan so‘ng to‘lanilishi lozimligini ma’lum qildi.

2 daqiqa o'qish1 364 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq, Markaziy bank tomonidan moliyaviy

Kredit ta’tillari bo‘yicha bilishingiz lozim bo‘lgan qoidalar

qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub’yektlari va jismoniy shaxslarga banklar tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish muddatini 2020 yilning 1 oktyabriga qadar kechiktirish, shuningdek, joriy etilgan karantin rejimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan qarzdorlarning muddati o‘tgan kreditlariga jarima sanksiyalarini qo‘llash va undiruvni garov ta’minotiga qaratmaslik bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish va mavjud tartib-taomillarni soddalashtirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, nazorat talablari yengillashtirilganligi bilan bog‘liq chora-tadbirlar tijorat banklariga yetkazildi.

  • Biroq shunga qaramay, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida tijorat banklarida moliyaviy qiynchiliklarga duch kelgan qarzdorlarni qo‘llab-quvvatlash haqidagi qarorlar joylardagi filiallarga yetkazilmaganligi hamda ushbu qarorlar yuzasidan aholi o‘rtasida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmayotganligi, ayrim banklarda bunday qarzdorlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqilmayotganligi kuzatilmoqda. Bundan tashqari, mijozlar bilan aloqa kanallari (veb-sayt, ishonch telefoni, telegram-bot) uzluksiz ishlashi ta’minlanmagan.

    Jismoniy shaxslarning kredit qarzdorligi bo‘yicha "ta’til" beradigan banklar soni ko‘paydi

  • Shu munosabat bilan, Markaziy bank tijorat banklari rahbarlarini karantin davrida markaziy telekanallarda, shu jumladan, “Koronavirus info”da doimiy brifinglar o‘tkazish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va blogerlar orqali bank bilan bog‘lanish bo‘yicha aloqa kanallari (veb-sayt, ishonch telefoni, telegram-bot) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng targ‘ib qilgan holda, mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish tartibi (shu jumladan, ko‘p beriladigan savollarga batafsil javob berish) yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib borishga chaqiradi.

Shu o‘rinda, kredit tashkilotlarining qarz oluvchilariga ham murojaat qilamiz:

Kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan so‘ng to‘lanilishi lozim.

  • Kelgusida qarz oluvchilarda qarz summasi oshib ketishining oldini olish maqsadida Markaziy bank joriy davr uchun kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati bo‘lgan qarzdorlarga o‘z kreditlarini kredit shartnomalarida belgilangan muddatlarda so‘ndirishni davom ettirishni tavsiya etadi.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi