14-oktabr, chorshanba13:13Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

"Lola va kabob" festivalida havo sharida tekinga uchishingiz mumkin

Qashqadaryoda o‘tkaziladigan "Lola va kabob" festivalida 20ta havo shari uchiriladi. Festival ishtirokchilari ushbu sharlarda 5 daqiqa bepul uchushlari mumkin.

1 daqiqa o'qish75 marta o'qildi

O‘zbekiston Gastronomik Turizmi assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Aeronavtika Federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan.

100 nafar Xalqaro toifadagi xorijlik havo shari uchuvchilari keladi

O‘zaro hamkorlikning ilk bosqichi sifatida, aprel oyida Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida o‘tkaziladigan "Lola va kabob" festivalida 100 nafar Xalqaro toifadagi xorijlik havo shari uchuvchilari "Lola va kabob" festivalining ochilish marosimida 20ta havo sharida uchishlari kutilmoqda.

Shou tarzida tomosha ko‘rsatiladi

Parvoz davomida shou tarzida tomosha ko‘rsatishlari, shuningdek, festival ishtirokchilari havo sharlarida 5 daqiqa davomida bepul parvoz etishlari uchun sharoit yaratilishi kutilmoqda.

Hamkorlikda boshqa loyihalar ham amalga oshiriladi

Assotsiatsiyasi va Federatsiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik orqali kelajakda Gastromomik festivallarda havo sharlari uchirilishini yo‘lga qo‘yish va boshqa bir qator loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi