14-oktabr, chorshanba13:13Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

1 martdan boshlab viloyatlarda huquqshunoslik fakultetlari ochilishi mumkin

2020 yil 1 martdan boshlab viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalarida innovatsion shakl va uslublarga moslashgan huquqshunoslik fakultetlarini ochilishi mumkin.

1 daqiqa o'qish464 marta o'qildi

“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Jumladan, farmon loyihasida "keng jamoatchilik istaklarini va xalqaro ekspert jamoatchiligi tavsiyalarini inobatga olgan holda", quyidagi takliflarga rozilik berish nazarda tutilmoqda:

  • viloyatlardagi tegishli salohiyatga ega oliy ta’lim muassasalarida huquqshunoslik fakultetlarini ochish;
  • huquqshunos-pedogog kadrlar malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimini yaratish;
  • o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol va situatsion mashg‘ulotlar o‘tkazishni joriy etish nazarda tutiladi.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi