14-oktabr, chorshanba08:59Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Imtihon kunlari Toshkent shahridagi avtobuslar odatdagidan barvaqt ish boshlaydi (+xarita)

Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari Paxtakor stadioni, Milliy bog‘, Talabalar shaharchasi, Ashxobod bog‘i, G‘alaba bog‘i, Botanika bog‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

1 daqiqa o'qish118 marta o'qildi

2020 yil 2 sentyabr kunidan boshlab ikki hafta davomida oliy ta’lim muassasalariga 2020-2021 yillardagi qabul uchun test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan.

Xususan, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari Paxtakor stadioni, Milliy bog‘, Talabalar shaharchasi, Ashxobod bog‘i, G‘alaba bog‘i, Botanika bog‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Test sinovlari o‘tkaziladigan kunlarda abituriyentlarning belgilangan manzillarga o‘z vaqtida yetib borishlarini ta’minlash va ularga qulayliklar yaratish maqsadida 2020 yil 2 sentyabrdan boshlab test sinovlari yakunlangunga qadar Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlarida ish boshlash vaqti soat 5:00 dan belgilandi.

Avtobuslar yo‘nalishlariga belgiganlangan jadvallar asosida avtobuslarning ishga chiqarilishi, yo‘nalishlarda qatnov vaqtlari va oraliq interval vaqtlariga rioya etilishi, belgilangan qatnovlar sonini bajarilishi hamda avtobuslarning texnik va sanitar holati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar orqali harakatlanuvchi yo‘nalishlarning faoliyati alohida nazoratga olinadi.

Ilovada keltirilgan chizmalardan test sinovlari o‘tkaziladigan manzillarda harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot olishingiz mumkin.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi