14-oktabr, chorshanba13:58Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Andijonda yangi institut tashkil etildi

Institutning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot va qurilish sohasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, raqobatbardosh oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash.

1 daqiqa o'qish411 marta o'qildi

Andijonda yangi institut tashkil etildi

“Andijon iqtisodiyot va qurilish institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi.

Institutning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot va qurilish sohasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, raqobatbardosh oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hisoblanadi.

Institutda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

2020/2021 o‘quv yili uchun institutga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga asosan belgilanadi.

Andijon viloyati, Andijon shahar, Navoiy shoh ko‘chasi, 15a-uyda joylashgan Andijon xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi bino va inshootlari Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida berildi.

Shuningdek, qarorda kelgusida Institutda talabalar soni oshishini inobatga olib, 2022 yilga va kelgusi yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturlariga 1200 o‘rinli o‘quv binosi va 400 o‘rinli talabalar turar joyini qurish loyihalarini kiritish nazarda tutilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi