14-oktabr, chorshanba13:10Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Huawei O‘zbekistonga soliq to‘laydi

Yandex, Google, Facebook, Netflix, Samsung, Apple, Booking.com va boshqa shu kabi kompaniyalar O‘zbekistonda soliq hisobini yuritayotgan edi. 1 iyundan boshlab bular qatoriga Huawei kompaniyasi ham qo‘shildi.

1 daqiqa o'qish34 marta o'qildi

Xitoyda ro‘yxatga olingan Huawei Services (Hong Kong) Co., Limited kompaniyasi 1 iyundan boshlab O‘zbekistonda soliq ro‘yxatiga olingan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Avvalroq Yandex, Google, Facebook, Netflix, Samsung, Apple, Booking.com va boshqa shu kabi kompaniyalar O‘zbekistonda soliq hisobini yuritgani haqida xabar berilgan edi.

Facebook O‘zbekistonga soliq to‘laydi

2020 yil boshidan boshlab O‘zbekistonda elektron shakldagi xizmatlar va tovarlarni sotadigan xorijiy yuridik shaxslar soliq to‘lovchilar sifatida tan olingan edi. Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga elektron xizmatlarni taqdim etuvchi xorijiy yuridik shaxslar uchun QQS bo‘yicha idorani tashkil etdi. Bu esa kompaniyalarga qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lovchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tish va soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash imkonini beradi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi