14-oktabr, chorshanba13:11Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Samarqandda chiqindilarni qayta ishlab chiqariladi

Janubiy koreyalik sarmoyador Samarqand viloyatida 35 mln dollarga teng bo‘lgan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha klaster tashkil etadi.

1 daqiqa o'qish83 marta o'qildi

Janubiy Koreyaning Samdong ENT kompaniyasi Samarqand viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha klaster tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Dunyo» AA xabar qildi.

Singapur kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindidan o‘g‘it ishlab chiqarmoqchi

Klaster Jomboy tumanidagi Samdong Re Jomboy korxonasi negizida tashkil etilib, u 35 mln dollarga baholanmoqda. Mazkur loyiha 2020−2022 yillarda O‘zbekiston investitsion dasturiga kiritilgan.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad — qattiq maishiy chiqindilarni samarali yig‘ish va qayta ishlashdan iborat. Buning uchun Janubiy Koreya kompaniyasi maxsus chiqindi yig‘ish mashinalarini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya vakillari loyihani amalga oshirishga kirishish uchun xalqaro qatnovlar ochilishi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi