14-oktabr, chorshanba10:46Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Har yili noyabrda "Keksalar uchun turizm oyligi" o‘tkaziladi.

"Keksalar uchun turizm oyligi" doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi chegirma va aksiyalar to‘g‘risida xabardor qiladi.

1 daqiqa o'qish50 marta o'qildi

"Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida" Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan har yili 1 noyabrdan 30 noyabrgacha "Keksalar uchun turizm oyligi" deb e’lon qilindi.

"Keksalar uchun turizm oyligi" doirasida hududlardagi turizm infratuzilma ob’yektlari tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan chegirma va aksiyalar to‘g‘risida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining veb-sahifalarida e’lon qilib boriladi.

Har yili 1 oktyabrga qadar I guruh nogironligi bo‘lgan sayohat qiluvchi keksalar ro‘yxati shakllantiriladi va ular uchun "Sayohat barcha uchun!" xayriya sayohati loyihasi doirasida mamlakat bo‘ylab yiliga bir marotabadan ko‘p bo‘lmagan sayohat tashkil qilinadi.

Shuningdek, mahalliy byudjet va uning orttirib bajarilgan qismidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj va yolg‘iz keksalarning turar joylari ta’mirlanadi.

Qaror bilan Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi