14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

2020 yilda o‘qishga qabul qilinganlarni o‘qitish davlat granti asosida amalga oshiriladi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi texnikum va kollejlarga 2020 yilda o‘qishga qabul qilingan barcha tinglovchilarni o‘qitish davlat granti asosida amalga oshiriladi.

1 daqiqa o'qish210 marta o'qildi

“Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Turoperatorlar sayyohlarni jalb qilgani uchun davlat tomonidan rag‘batlantiriladi

Farmonga muvofiq, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi texnikum va kollejlarga 2020 yilda o‘qishga qabul qilingan barcha tinglovchilarni o‘qitish, istisno tariqasida, davlat granti asosida amalga oshiriladi.

2020 yil 1 oktyabrdan boshlab joylashtirish vositalarini qurish uchun tijorat banklari tomonidan avval berilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz to‘lovi 18 oydan 24 oygacha uzaytiriladi.

2022 yil 1 yanvarga qadar yuridik shaxslar belgilangan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekistonga olib kiriladigan dezinfeksiya uchun jihozlar, texnikalar, ularning ehtiyot qismlari, bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun aloqasiz boshqariladigan (sensorli) jihozlar, shuningdek, hidsiz dezinfeksiyalovchi vositalar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar va QQS tashqari) ozod etiladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi